Kam ta’minlangan aholi bizning e’tiborimizda

O’zbeklarning saxovatpeshaligi butun dunyoga ma’lum va mashhurdir. Har bir o’zbek borki qo’lidan kelgancha qiynalganlarga yordam berishni xohlaydi. Bunday sifatlar o’zbeklarga Olloh tomonidan berilgan bo’lsa ajabmas.

«Sitora imkon plyus» o’quv markari rahbari Nargiza Salomova ham bu sifatlarni chetlab o’tmaganlardan hisoblanadi. U tez-tez kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan, bemor va shu kabi hayotda qiyinchilikka duch kelgan barchaga yordam qo’lini uzatishga harakat qiladi.

Mana yaqinda ham u Yakkabog’ tumanida joylashgan «Saxovat» qariyalar uyiga o’zining niyat qilib olib kelgan sovg’a salomlari bilan tashrif buyurdi. Imkon darajasida u yerdagilarning ko’nglini oz bo’lsada olishga harakat qildi va bunga erishdi. Ularga o’zi bilan olib borgan sovg’alarni topshirdi. U yerdagilar ham bunga javoban o’zlariga bo’lgan e’tibor uchun chuqur minnatdorchilik bildirib, rahmatlar aytishdi.