To’quvchilik

Bizning o’quv markazimiz eng qadimgi milliy va dunyo xalqlari tomonidan foydalanib kelingan to’qish usullari va asboblarini o’rganish va o’rgatishni yo’lga qo’yishga harakat qilib kelmoqda. Garchi o’quv markazimizda bu soha endigina rivojlantirilayotgan bo’lsada, hozirgacha kattagina yutuqlarga erishildi. Uzoq qishloqlarda yashab, hozirgacha eski asbob uskunalar yordamida to’qish bilan shug’ullanib kelayotgan momo va bobolarimizdan bu milliy qadriyatlarimiz sirlarini o’rganishda davom etib kelmoqdamiz. Ular o’zlari bilgan to’qish sirlarini bizga o’rgatish barobarida bu milliy qadriyatlarning kelajak avlodga meros bo’lib qolishiga katta hissa qo’shmoqdalar. Bizning o’quv markazimiz a’zolari bu qadriyatlarni o’rganishni yoki o’rgatishni xohlaganlarni bajonu dil safimizga qo’shishga tayyordirlar. Marhamat, shunday insonlar bo’lsa biz bilan aloqa qiling. Buning uchun saytimizda barcha manzillarimiz yetarlicha ko’rsatib o’tilgan.